Toshkent · Yog'och qalamdonlar
O'ymakor naqshli yog'och qalamdon
Yong'oq yog'ochi, tog' toshidan olingan tabiiy bo'yoqlar · 23.5 × 5.5 × 4.5 cm
Toshkent · Yog'och qalamdonlar
1 050 000so'm
≈ $87 · €79 · £66
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Lazer o‘ymali va qo‘lda chizilgan miniatyura bezakli sirli qutilar — zamonaviy ishlov va an’anaviy o‘zbek san’atini uyg‘unlashtirgan nafis dekorativ buyumlardir.
Ushbu qutilarning bezak qismi lazer yordamida aniqlik bilan ishlangan bo‘lib, rangli qismi esa mohir ustalar tomonidan qo‘lda chizilgan miniatyura uslubida bezatilgan. Bu esa har bir buyumga alohida joziba, nafislik va badiiy qiymat bag‘ishlaydi.
O‘zbekistonning boy bezak san’ati an’analaridan ilhomlangan ushbu qutilar gul va islimiy naqshlarni miniatyura elementlari bilan uyg‘unlashtirib, milliy ruh va zamonaviy uslubning chiroyli uyg‘unligini namoyon etadi.
Bugungi kunda bu qutilar taqinchoqlar, mayda shaxsiy buyumlar va esdaliklarni saqlash uchun qulay bo‘lib, ayni paytda interyer uchun nafis dekor sifatida ham xizmat qiladi.
Ular esdalik sovg‘asi, didli tuhfa hamda uy va ofis uchun o‘ziga xos bezak buyumi sifatida ajoyib tanlovdir.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.