Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
Yog‘och Lavh — Kitob Qo‘ygich
2 000 000so'm
≈ $167 · €150 · £125
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Lavh — o‘zbek xalqining ko‘p asrlik yog‘och o‘ymakorligi an’analarini aks ettiruvchi milliy kitob qo‘ygichdir. Qadimdan Qur’oni Karim, diniy qo‘lyozmalar va ilmiy kitoblarni qo‘yib mutolaa qilish uchun foydalanilgan lavh ilmga, ma’rifatga va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak hurmat ramzi hisoblanadi.
An’anaviy lavh yog‘ochdan tayyorlanib, nafis islimiy va geometrik naqshlar bilan bezatiladi. Uning o‘ziga xos buklanadigan tuzilishi kitobni qulay joylashtirish, saqlash va olib yurish imkonini beradi.
Bugungi kunda lavh nafaqat kitob o‘qish uchun qulay buyum, balki milliy hunarmandchilikning betakror namunasi, interyer bezagi va qadriyatlarni ifodalovchi esdalik sovg‘asi sifatida ham qadrlanadi.
- Material
- Yog‘och, An’anaviy yog‘och o‘ymakorligi, Islimiy va geometrik naqshlar, Buklanadigan kitob qo‘ygich, Qur’on, kitoblar va dekor
- O'lcham
- 10 x 22 x 2.8 cm
- Og'irligi
- 190 g
- Yasalgan joyi
- Toshkent
- Usta
- Alisher Bunyodov
- Yil
- 2026
- Mavjudligi
- Yagona nusxa
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.