Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
Qo‘lda o‘yilgan tabiiy yong‘oq yog‘ochidan lavh
Yong'oq yog'ochi · 44.5 × 20 × 4.4 cm
Premium · Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
15 000 000so'm
≈ $1,251 · €1,144 · £958
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
O‘zbek hunarmandchiligining qadimiy an’analarini o‘zida mujassam etgan ushbu lavh tabiiy yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan. Uning yuzasi nafis islimiy va o‘simliksimon o‘yma naqshlar bilan bezatilgan.
Lavh qadimdan Qur’oni Karimni mutolaa qilish uchun maxsus taglik sifatida foydalanilgan. Uning noyob konstruksiyasi 24 xil holatda ochish va sozlash imkonini beradi. Bu esa turli o‘lchamdagi kitoblarni qulay burchak va balandlikda joylashtirishga yordam beradi.
Bugungi kunda lavh nafaqat kitob o‘qish, balki san’at asarlari, xattotlik namunalari va dekorativ buyumlarni namoyish etishda ham qo‘llaniladi.
Yong‘oq yog‘ochining tabiiy teksturasi, murakkab o‘ymakorlik va betakror konstruksiya ushbu mahsulotni milliy san’atning qimmatli namunasi hamda mazmunli sovg‘aga aylantiradi.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.
Miniatyura yoki boshqa asarni o'z g'oyangiz bo'yicha buyurtma qiling: ustalarimiz uni siz uchun yaratadi.
Shunga o'xshashini buyurtma qilish →