Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
Qo‘lda o‘yilgan yong‘oq yog‘ochidan lavhlar
Yong'oq yog'ochi, Tabiy ranglar toshdan olingan · 44.4 × 20 × 4.3 cm
Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
7 800 000so'm
≈ $649 · €587 · £491
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Qo‘lda o‘yilgan yong‘oq yog‘ochidan lavhlar — o‘zbek xalqining ko‘p asrlik madaniy merosi, an’anaviy yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik san’atini o‘zida mujassam etgan nafis hunarmandchilik namunalaridir.
Qadim zamonlardan beri lavhlar Qur’oni Karimni o‘qish va tilovat qilish vaqtida uni qulay va hurmatli holatda joylashtirish uchun ishlatilgan. An’anaviy turmushda odamlar ko‘pincha yerda o‘tirganlari sababli, lavh muqaddas kitobni stolga ehtiyoj sezmasdan balandroqda tutish imkonini bergan.
Tabiiy yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan ushbu lavhlarning tashqi va ichki qismlari murakkab o‘ymakorlik naqshlari hamda miniatyura uslubida qo‘lda chizilgan nafis bezaklar bilan boyitilgan. Rangli tasvirlar tabiiy tosh va minerallardan olingan pigmentlar yordamida ishlanib, an’anaviy san’atning o‘ziga xos go‘zalligini namoyon etadi.
Olti xil holatda sozlanish imkoniyatiga ega ushbu lavhlar qulaylik, nafis dizayn va yuksak hunarmandchilik mahoratini uyg‘unlashtiradi.
Bugungi kunda lavhlar nafaqat kitoblarni joylashtirish, balki dekorativ laganlar, san’at asarlari, ramkali suratlar va boshqa qimmatli buyumlarni namoyish etish uchun ham qo‘llaniladi.
Tarixiy ahamiyat, tabiiy materiallar va an’anaviy san’atni birlashtirgan ushbu lavhlar milliy esdalik sovg‘asi, nufuzli tuhfa hamda uy va ofis interyeri uchun nafis bezak sifatida ajoyib tanlovdir.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.