Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
Qo‘lda o‘yilgan tabiiy yong‘oq yog‘ochidan lavh
Yong'oq yog'ochi · 44.5 × 20 × 4.4 cm
Toshkent · Milliy yog‘och lavh — kitob qo‘ygich
1 500 000so'm
≈ $125 · €114 · £96
Narx o'zbek so'mida. Dollar, yevro va funtdagi narxlar bugungi kurs bo'yicha taxminiy.
Tabiiy yong‘oq yog‘ochidan tayyorlangan ushbu lavh o‘zbek hunarmandchiligining qadimiy an’analari va nafis sharqona dizaynini o‘zida mujassam etadi. Mahsulotning ichki va tashqi qismlari an’anaviy islimiy hamda gul naqshlari bilan bezatilgan.
Qadimdan Qur’oni Karimni mutolaa qilish uchun foydalanilgan lavh o‘zining noyob buklanadigan konstruksiyasi bilan ajralib turadi. Turli holatlarda ochilishi kitoblarni qulay burchak ostida joylashtirish imkonini beradi.
Bugungi kunda lavh kitoblar, xattotlik namunalari va san’at asarlarini namoyish etish uchun ham ishlatiladi. Yog‘ochning tabiiy rangi va milliy naqshlari uni interyerning nafis bezagi hamda mazmunli sovg‘aga aylantiradi.
Bu buyumni do'konimizda ham ko'rishingiz mumkin.